01 Aprel 2024

UZTELECOM jamoasi musobaqaning mutloq chempioni!



UZTELECOM jamoasi mini futbol bo‘yicha o‘z an’analarini davom ettirib, musobaqa chempioniga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan mini futbol bo‘yicha tashkil qilingan ko‘chma Kubog turnirining yakuniy natijalari aniqlandi.

Gʻoliblik uchun jamoalar o‘rtasida kechgan bahslarda o‘z salohiyatlarini namoyon etgan UZTELECOM jamoasi musobaqaning final bosqichida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – TATU jamoasi yirik hisobda mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi.

Sportchilarimizni qo‘lga kiritgan ishonchli natijalari bilan tabriklaymiz va muvaffaqiyatlari kelgusida ham bardavom bo‘lishini tilaymiz!

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing