04 Aprel 2024

“Bosh kommutatsiya markazi” filiali xodimlari donorlik aksiyasida ishtirok etdi



Vaqti-vaqti bilan qon topshirib turishning  inson salomatligi uchun o‘rni katta. Bu inson organizmida arterial gipertoniya xastaligining oldini olish, moddalar almashinuvini yaxshilash va immun tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng muhimi, donorlik orqali insonlar salomatligini asrash, bir bemorning umrini uzaytirishga o‘zining beg‘araz va munosib hissasini qo‘shishdek xayrli ish bo‘lmasa kerak.

Buni yaxshi anglagan “O‘zbektelekom” AK “Bosh kommutatsiya markazi” filiali xodimlari “Biz bolalarga hayot ulashamiz” shiori ostida o‘tkazilgan donorlik aksiyasida faol ishtirok etishdi.

Filial rahbariyati hamda yoshlar yetakchisi Zohid Husnitdinov tashabbusi bilan tashkillashtirilgan donorlik aksiyasida rahbariyat, xizmat boshliqlari, xodimlar va 35 nafar ko‘ngilli va faol yoshlar ixtiyoriy qatnashdi. 

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing