Xalqaro Internet kanallariga kirishni ta’minlash


 

«O‘zbektelekom» AK mahalliy operator va provayderlarga Xalqaro paketli kommutasiya markazi (XPKM) orqali Internetning global tarmoqlariga kirish xizmatlarini taqdim qiladi.


 

UZTELECOMning muhim vazifalaridan biri – telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, o‘z xususiy tarmoqlari, shuningdek operator va provayder tarmoqlarida Internetdan foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish orqali butun O‘zbekiston Respublikasi hududida Internetni rivojlantirishdir. 

Xalqaro kanallardan foydalanish uchun Belorus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turmaniston, Qirg‘iziston, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Koreya, AQSH, Turkiya, Ukraina, YAponiya kabi mamlakatlarga xizmatlarni taqdim etish uchun xalqaro yo‘nalishlarda (dagi) xalqaro kanallar ochilgan. 

Kompaniya muntazam ravishda xalqaro internet-kanallarning o'tkazuvchanligini kengaytirish, mahalliy operator va provayderlar uchun tariflarni pasaytirishga harakat qilmoqda. Barcha hududlarda telekommunikatsiya xizmatlari bozorini rivojlantirish uchun UZTELECOM tariflarning narxini muntazam ravishda pasaytirmoqda.



 

Yuridik shaxs va korxonalarga xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma tuzish maqsadida «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik Kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

Murojaat uchun: info@uztelecom.uz