09 Aprel 2024

Sohibqiron tavalludi va o‘zbek tili bayramiga oid qonun muhokamasiga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazildi



“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida 9-aprel – buyuk siymo Amir Temur tavalludining 688 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligiga bag‘ishlab davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati avvalida “O‘zbektelekom” AK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi  Baxtiyor Jurayev mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida buyuk ajdodlarimiz hamda millat taqdirining o‘zagi hisoblanuvchi davlat tili kelajagiga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, tadbir mehmoni – “Temur Tuzuklari” bo‘yicha mustaqil tadqiqodchi Xabibullo Karamatov “Amir Temur – Ikkinchi Renessans homiysi” mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining direktori Azizjon Eminov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat universiteti Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi, uning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berishdi.

Tadbir so‘ngida qatnashchilar mavzular doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Kompaniya xodimlarining siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda videokonferensaloqa tizimi orqali hududiy filiallar xodimlari va faol yoshlar ham ishtirok etishdi.

 

 “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing