"MilliyTarmoq" TAS-IX zonasida ommaviy foydalanish uchun foydali kontentga kirish uchun bepul qo'shimcha xizmatdir.

"Milliy Tarmoq"

Jismoniy shaxslar uchun bepul "MilliyTarmoq" qo'shimcha xizmati tashqi Internetdan foydalanishni cheklashni ta'minlaydi. Buning uchun foydalanuvchi "Shaxsiy kabinet" orqal ixizmatni faollashtiradi va/yokio'chiradi.

Tashqi Internet-resurslarga kirishni o'chirish uchun Shaxsiy kabinetning "Qo'shimcha xizmatlar" bo’limida "Tasdiqlash kodi" xizmatida telefon raqami kiritiladi va ushbu raqamga tasdiqlash kodi yuboriladi. Ushbu kod xizmatni yoqish va o'chirish uchun amal qiladi. Tasdiqlash kodi kuniga bir marta o'zgartiriladi.

Xizmatni o'chirishni tasdiqlaganingizdan keyin o'zgarishlar kuchga kirishi uchun siz qayta ulanishingiz kerak (internetdan uzib qo'yishingiz kerak) bo’ladi.

TAS-IX nima?

TAS-IX — bu Uznet "ichida" trafik almashish haqida beshta yirik provayderlar kelishuvi natijasida paydo bo‘lgan, ya’ni xalqaro ma’lumotlar uzatish kanallaridan foydalanmay, trafik almashish nuqtasidir. Bu shunga olib keldiki, bugungi kunda boshqa resurslarga ulanishga nisbatan narxi arzon TAS-IX zonasiga kiruvchi provayderlar Internet-resurslarga ulanishni taklif etadilar. Abonentlar ular tanlagan sayt TAS-IX zonasiga kirish-kirmasligini mustaqil tekshirishlari mumkin. Buning uchun "TAS-IX"da Saytni tekshirish servisli ko‘p sonli saytlar mavjud.