Bosib chiqarish

Foydalanuvchi uchun eslatma

Foydalanuvchi uchun eslatma

QO‘SHIMCHA XIZMATLAR

1. «CHAQIRIQNI BOSHQA MANZILGA YO‘LLASH» XIZMATI

Chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash xizmati kiruvchi chaqiriqni boshqa manzilga, har qanday telefon raqamiga yoki ovozli xizmat shaxsiy pochta qutisiga yo‘llash (qayta yo‘naltirish) imkonini beradi.

Qayta yo‘naltirilgan telefon raqami tegishli koddan foydalanilgan shahar, mobil telefoni, shaharlararo yoki xalqaro bo‘lishi mumkin.

Xizmatga ulanish (uzish) xizmati Markaziy ofis Abonentlar bo‘limi yoki Aloqa bog‘lamalarida amalga oshiriladi.

Chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llashning bir necha variantlaridan foydalanish mumkin:

1.1. Chaqiriqni to‘liq boshqa manzilga yo‘llash (CFU)

Mazkur variantda Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar avtomatik ravishda, xizmatni faollashtirishda ko‘rsatilgan telefon raqami manziliga yo‘laltiriladi (qayta yo‘naltiriladi).

Faollashish: telefon raqami qayta yo‘naltirilgan .

Faollashishni bekor qilish:

1.2. Telefon band bo‘lganida chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash (CFB)

Mazkur variantda, agar chaqirilayotgan abonent telefoni band bo‘lsa (so‘zlashuv davrida), chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash xizmati ulanadi.

Faollashish: qayta yo‘naltirilgan  telefon raqami.

Faollashishni bekor qilish: .

1.3. Javob bo‘lmaganida, chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash (CFNA)

Agar abonent ma’lum vaqtdan keyin (chaqiriq boshlanishidan 20 soniya o‘tgach) javob bermasa, kiruvchi qo‘ng‘iroq ko‘rsatilgan telefon raqamiga yo‘naltiriladi.

Faollashish: telefon raqami qayta yo‘naltirilgan .

Faollashishni bekor qilish: .

2. CHAQIRIQNI KUTISH/USHLAB TURISH XIZMATI (CW)

Mazkur xizmatni faollashtirishda abonent joriy so‘zlashuv vaqtida yangi kiruvchi chaqiriq haqida xabar oladi. Abonent chaqiriqqa javob berishi, to‘xtatishi yoki navbati bilan har ikki abonent bilan so‘zlashishi mumkin.

Agar telefoningiz band bo‘lsa, mazkur xizmat yordamida yangi kiruvchi chaqiriq haqida xabar olasiz, unga javob berish yoki to‘xtatish haqida tegishli qaror qabul qila olasiz. Agar yangi kiruvchi chaqiriqqa javob bersangiz, keyin ikki chaqiriqqa ulanish va navbati bilan har ikki abonent bilan so‘zlashishingiz ham mumkin.

Xizmatga ulanish (uzish) UZMOBILE kompaniyasi abonentlar bo‘limida amalga oshiriladi.

Faollashish: .

Faollashishni bekor qilish: .

Ikki abonentga ulanish ketma-ketligi:
1. Abonent joriy so‘zlashuv vaqtida ikkinchi chaqiriq kirayotgani haqida ovozli xabar eshitadi.
2. Ikkinchi abonent bilan ulanish va birinchi abonentni ushlab turish - tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
3. Birinchi abonent bilan so‘zlashuvga qaytish -

3. UCH TOMONLAMA CHAQIRIQ XIZMATI (3WC)

Xizmat uch abonent tomonidan bir vaqtda bir-biri bilan so‘zlashuvlashishga imkon beradi.

Uch tomonlama chaqiriq xizmati faqat chaqiriqni kutish/ushlab turish xizmati bilan birga taqdim etiladi.

Xizmatga ulanish (uzish) UZMOBILE kompaniyasi abonentlar bo‘limida amalga oshiriladi.

Abonent A, abonent B bilan ulanishni uzmay turib, abonent Cni chaqiradi. Abonent C telefoni qo‘ng‘irog‘i chalinganida, abonent B chaqiriq ushlanib turishi haqida ovozni eshitadi.

Abonent C qo‘ng‘iroqqa javob berganidan keyin, abonent A abonent C bilan so‘zlasha oladi.

Xizmatni faollashtirish uchun abonent A klavishini bosadi. Bunda A, B va C abonentlar bir vaqtning o‘zida, bir-birlari bilan so‘zlasha oladilar.

Abonent A (qo‘ng‘iroq tashabbuskori) ulanishni to‘xtatishi bilan – uch tomonlama ulanish uziladi.

4. KONFERENS ALOQA XIZMATI (CC)

Xizmat bir necha abonentga bir-biri bilan bir vaqtda, so‘zlashuvni amalga oshirish imkonini beradi. Abonent mazkur xizmatni qayd etib, konferens aloqani faqat o‘ziga kerak bo‘lgan vaqtga ushlab qolishi mumkin. Chaqirayotgan tomon konferens aloqaga (eng ko‘p soni: 32) ishtirokchilarni qo‘sha oladi, zarur telefon raqamini birin-ketin, navbati bilan kiritishi mumkin.

Ishtirokchini qo‘shish quyidagicha amalga oshiriladi:

Abonent A abonent B ni chaqiradi.

Abonent B chaqiriqqa javob beradi, abonent A ham B bilan so‘zlasha boshlaydi.

Abonent A abonent C telefon raqamini teradi.

Abonent C chaqiriq signalini eshitadi va unga javob beradi. A va C so‘zlasha boshlaydilar. Shu bilan birga, abonent B ga ulanishni ushlab turadi.

Abonent A abonent D telefon raqamini teradi.

Abonent D chaqiriq signalini eshitadi va unga javob beradi. A va D so‘zlasha boshlaydilar. Shu bilan birga, abonent B va C ga ulanish ushlab turiladi.

Abonent A abonent E telefon raqami teradi.

Abonent E chaqiriq signalini eshitadi va unga javob beradi. A va E so‘zlasha boshlaydilar. Shu bilan birga, abonent B, C va D ga ulanish ushlab turiladi.

Konferensaloqani faollashtirish uchun A ni bosadi. Shundan keyin A, B , C, D va E abonentlar bir vaqtda, bir-birlari bilan so‘zlasha oladilar.

Ishtirokchini uzib qo‘yish quyidagicha amalga oshiriladi:

Abonent A abonent E telefon raqamini teradi. Abonent E konferensaloqa-chaqirig‘idan chiqib ketadi. Bunda qolgan ishtirokchilar: A, B, C va D orasidagi konferensaloqa uzilmaydi.

Agar konferensaloqa tashabbuskori bo‘lmagan abonent (B, C va D) aloqani uzsa, bu konferensaloqaning qolgan ishtirokchilariga ta’sir etmaydi.

5. CHAQIRIQNI UZATISH («KOTIBA» XIZMATI (CT))

Xizmat abonentga so‘zlashuv jarayonida chaqiriqni uchinchi tomonga uzatish, o‘zi esa so‘zlashuvni yakunlash imkonini beradi.

Chaqiriqni uzatish xizmati faqat chaqiriqni kutish/ushlab turish xizmatlari bilan birga taqdim etiladi.

Xizmatga ulanish (uzish) xizmati UZMOBILE kompaniyasi abonentlar bo‘limida amalga oshiriladi.

So‘zlashuv jarayonida abonent B, abonent A (tashabbuskor) abonent C telefon raqamini teradi. Javob olgach, abonent A END klavishiga bosib, ulanishni uzadi. B va C abonentlar so‘zlashuvi davom ettiriladi.

6. RAQAMNI ANIQLASH (CNIP)

«Raqamni aniqlash» xizmati abonentga o‘z telefoni displeyida chaqiruvchi abonent telefon raqamini ko‘rish imkonini beradi.

Raqamni aniqlash xizmatida boshqa mobil aloqa operatorlari abonentlari raqamini aniqlash (telefon raqamini aniqlashni taqiqlash funksiyasi mavjud bo‘lmaganida), shahar va shaharlararo va xalqaro stansiyalarning ham raqamini aniqlash mumkin, biroq kafolatlanmaydi.

Mazkur xizmatga UZMOBILEning barcha abonentlari ulanishi mumkin.

7. TELEFON RAQAMINI ANIQLASHNI TAQIQLASH (CNIR)

Telefon raqamini aniqlashni taqiqlash xizmati chaqirilayotgan tomon telefoningiz raqamini aniqlashiga to‘sqinlik qilish imkonini beradi.

Xizmatga ulanish (uzish) xizmati UZMOBILE kompaniyasi abonentlari bo‘limida amalga oshiriladi.

Telefon raqami tegishli koddan foydalanilgan shahar, mobil, shaharlararo bo‘lishi mumkin.

Xizmatdan foydalanishning quyidagi variantlari mavjud:

a) Doimiy faollik (Permanent ON).

Mazkur xizmat mobil telefon raqamingizga chaqirilayotgan tomon aniqlamasligi uchun taqdim etiladi, UZMOBILE operatoriga ariza berishi bo‘yicha boshqariladi.

b) Vaqtinchalik faollashish (Temporary Activation).

Mobil telefoninigiz raqami chaqirilayotgan tomonda aniqlanmaydi, biroq agar o‘z telefon raqamingizni ko‘rsatishni xohlasangiz, unda quyidagi raqamlarni terishingiz zarur:

. –Toshkent telefon raqami


. – UZMOBILE abonenti telefoni raqami

c) Vaqtinchalik faollashishni bekor qilish (Temporary Deactivation)

Telefon raqamingiz boshqa abonent displeyida ko‘rinadi, biroq o‘z telefon raqamingizni yashirishni xohlasangiz, u holda quyidagilarni terishingiz kerak.

Masalan: Namangan shahriga qo‘ng‘iroq qilishni xohlasangiz (shahar telefon raqami) va quyidagilarni tering:

. – Namangan telefon raqamini terish kerak.

Agar chaqiriq UZMOBILE tarmog‘ida bo‘lsa , unda:

. – UZMOBILE abonenti telefon raqamini terish kerak.

Izoh:

Anti –AON yordamida mobil aloqa operatorlarida shahar telefonlariga qo‘ng‘iroqlar telefon raqamlari batafsil aks etadi.

8. CHIQUVCHI QO‘NG‘IROQLARGA CHEKLOVLAR

Mazkur xizmat abonent xohishiga ko‘ra chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni (barcha, shaharlararo, xalqaro) taqiqlash imkonini beradi.

Xizmatga ulanish (uzish) xizmati UZMOBILE kompaniyasi abonentlar bo‘limida amalga oshiriladi.

1. Chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga cheklovlar (Subscriber PIN Access.) (SPINA)

a) Abonent parolini (PIN kodini) o‘zgartirish .

Avvalo, parol (PIN kod) operator tomonidan kiritiladi (Masalan, 1234), keyin abonent kodlardan foydalanib, o‘z parolini o‘zgartiradi. Abonent ni teradi hamda «o‘z (PIN kodingizni tering) va ni bosing» Avtojavobni eshitadi. Abonent terib, «o‘z (PIN kodingizni tering va ni bosing» Avtojavobni eshitadi, abonent to‘tr xonali raqamni teradi (Masalan, ni terib, ni bosadi). Avtojavob yangi parolni qaytarishni (tasdiqlashni) so‘raydi va shundan keyin Avtojavob yangi parolni muvaffaqiyatli o‘zgartirilganini tasdiqlaydi. Mazkur holatda parol PIN kodi №1234dan №1212ga o‘zgardi.

b) Mazkur xizmatni faollashtirish uchun Abonent quyidagi: raqamlarni terishi va «o‘z (PIN kodingizni tering) va ni bosing» Avtojavob ovozini eshitishi kerak. Abonent o‘z (PIN kodini) teradi va bosadi. Avtojavob mazkur xizmat ulanganligini tasdiqlaydi va agar telefon raqamini terishni xohlasangiz, Avtojavob 3 tilda «Kechirasiz, sizning chiquvchi qo‘ng‘iroqlaringiz cheklangan» degan xabarni beradi. Abonent qo‘ng‘iroq qilishi uchun «Chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga cheklovlar» xizmatini bekor qilishi mumkin.

O‘zgartirish telefon klavishini terish bilan amalga oshiriladi:

(Avtojavob) (PIN kod)

Faollashish:

Faollashishni bekor qilish:

2. Chiquvchi qo‘ng‘iroqlar (Subscriber PIN intercept)(SPINI) cheklovlar

a) Abonent paroli (PIN kod) ni o‘zgartirish. (Avtojavob) (PIN kod)

b) Mazkur xizmatni faollashtirish uchun Abonent quyidagi raqamlarni teradi:

Faollashish:

Faollashishni bekor qilish:

Mazkur xizmat ham avvalgilari kabi bajariladi, biroq farqi shundaki, har gal xizmatni bekor qilishi, xizmatni faollashtirib, zarur kodni bosish kerak. Avtojavobni bosib, parol (PIN kodni) so‘rashshart emas. Parolni (PIN kodni) terib, bosib, ulanasiz.

Masalan: (Avtojavob) (PIN kod)

9.1. Chiquvchi mahalliy qo‘ng‘iroqlarga cheklovlar

Mazkur xizmat abonent mobil telefonidan chiquvchi mahalliy qo‘ng‘roqlarni taqiqlash imkonini beradi.

9.2. Chiquvchi shaharlararo qo‘ng‘iroqlarga cheklovlar

Mazkur xizmat abonent mobil telefonidan chiquvchi shaharlararo qo‘ng‘roqlarini taqiqlash imkonini beradi.

9.3. Chiquvchi xalqaro qo‘ng‘iroqlarga cheklovlar

Mazkur xizmat abonent mobil telefonidan chiquvchi xalqaro qo‘ng‘roqlarini taqiqlash imkonini beradi.

9. KIRUVCHI QO‘NG‘IROQLARGA CHEKLOVLAR

Mazkur xizmat abonent xohishiga muvofiq ma’lum turdagi (mahalliy, shaharlararo, xalqaro) kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni taqiqlash imkonini beradi. Agar abonent xizmatni to‘xtatish yoki kiruvchi qo‘ng‘iroqlar chaqiriqlarga taqiqlash xizmatini o‘rnatish talabi bilan murojaat etgan bo‘lsa, chaqiriq bo‘lganida mazkur abonentga ulanmaydi va chaqiruvchi abonent tegishli xabar signalini oladi.

Xizmatga ulanish (uzish) xizmati UZMOBILE kompaniyasi abonentlar bo‘limida amalga oshiriladi.

Faollashish va Faollashishni bekor qilish xizmati UZMOBILE kompaniyasi operatori tomonidan quyidagi: 0 595 5120909 telefon raqamlari orqali amalga oshiriladi.

10.1. Kiruvchi mahalliy qo‘ng‘iroqlarga cheklovlar

Mazkur xizmat abonent mobil telefoniga kiruvchi mahalliy qo‘ng‘roqlarni taqiqlash imkonini beradi.

10.2 Kiruvchi shaharlararo qo‘ng‘iroqlarga cheklovlar

Mazkur xizmat abonent mobil telefoniga kiruvchi shaharlararo qo‘ng‘roqlarini taqiqlash imkonini beradi.

10.3. Kiruvchi xalqaro qo‘ng‘iroqlarga cheklovlar

Mazkur xizmat abonent mobil telefoniga kiruvchi xalqaro qo‘ng‘roqlarini taqiqlash imkonini beradi.

10.4. Kiruvchi ma’lum telefon raqami qo‘ng‘iroqlariga cheklovlar

Mazkur xizmat abonent mobil telefoniga ma’lum bir telefon raqamidan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni taqiqlash imkonini beradi. Telefon raqamiga taqiq o‘rnatish abonent tomonidan belgilanadi.

10. OVOZLI POCHTA

Bu universal Avtojavob abonentga hatto o‘chirib qo‘yilgan, xizmat ko‘rsatish zonasidan tashqarida, band yoki javob mavjud bo‘lmagan holda bo‘lsa ham kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va saqlash imkonini beradi.

Ovozli pochta xizmati abonentlarga axborotlarni pochta qutisida saqlash va keyinchalik ovozli pochtani ko‘rsatilgan manzilga uzatish xizmatini taqdim etadi. Abonentga ulanish mumkin bo‘lishi bilan - u uzatilgan ovozli xabarni olishi mumkin.

O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroq yoki shaxsiy pochta qutisida xabar mavjudligi haqida abonent mobil telefonida xabar qisqa xabar shaklida beriladi, unda chaqiriq sanasi va vaqti ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ovozli pochtadan foydalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

1. Xizmatga ulanish;
2. O‘z shaxsiy pochta qutisini sozlash;
3. 9999 raqami (ovozli pochta xizmati raqami)ga chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash xizmatini o‘rnatish.

10.1. Ovozli pochta xizmatigaulanish

Xizmatga ulanish (uzish) xizmati UZMOBILE kompaniyasi abonentlik bo‘limida amalga oshiriladi.

10.2. Ovozli pochta shaxsiy pochta qutisini sozlash…

Ovozli pochta xizmati abonentning shaxsiy pochta qutisidan individual xabarli so‘zlarni yozib olish imkonini beradi. Individual xabar so‘zlari – bu ovozli pochta qutisi egasining xabarini yozib olish va xabar qoldirishni istagan har bir tashrifchiga ehitish imkonini beradi.

Individual xabar so‘zlarini yozish uchun mobil telefonidan raqamlarini terish kerak, shundan keyin ovozli pochta xizmati menyusiga kirish mumkin. Ovozli pochta xizmati yo‘riqnomasiga rioya etib, abonent individual xabarni eshitadi va yozadi.

10.3. Chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash vaovozli pochta xizmatini o‘rnatish (FVM)

Chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash va ovozli pochta xizmatini o‘rnatish mazkur eslatmaning 1.1., 1.2. va 1.3. bandlarida ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga rioya etib, amalga oshiriladi.

10.4. Ovozli pochta xabarlarini eshitish (VMR)

Ovozli pochta xizmatini qayd etgandan keyin abonent raqamlarini terib, (ovozli pochta xizmati raqami) qoldirilgan xabarni eshitishi mumkin. Eshitilgan xabarlar shaxsiy pochta qutisida saqlanmaydi, avtomatik ravishda, o‘chiriladi.