ru
Milliy operator
1084

Qo'llab-quvvatlash xizmati yagona raqami

Hozircha ulanish

Savollar va javoblar

GSM tarmog‘i ishga tushirilishi bilan birgalikda CDMA tarmog‘i ham rivojlantiriladimi?

Ha. «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini rivojlantirishni davom ettiradi. Shu bilan birga, UZMOBILE GSM standarti tarmog‘ining qurilishi faol olib boriladi.

UZMOBILE GSM tarmog’i qoplami viloyatlarda qachon amalga oshiriladi?

2016-2017 yillarda butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyasi joriy etilgan UZMOBILE GSM tarmog‘ini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir vaqtda, UZMOBILEdan CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini rivojlantirish davom etadi.

Nima uchun UZMOBILE Milliy operator deb ataladi?

2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. UZMOBILE filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyaning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish vazifalari yuklatilgan.

4G nima va uni 3G dan, 3Gni 2Gdan farqi nimada?

4G – bu LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasi bo‘yicha to‘rtinchi avlod aloqasi bo‘lib, 3G uchinchi avlod mobil aloqasining asosiy taraqqiyot yo‘nalishidir. Mobil aloqasining istiqbolli standartlarini ishlab chiquvchi Third Generation Partnership Project (3GPP) Xalqaro birlashmasi, LTEni UMTS standartidan keyin navbatdagi keng polosali mobil aloqa tarmog‘i sifatida tasdiqlagan. Uchinchi avlod (3G) tarmog‘i 3,6 Mbit /s.gacha ma’lumotlar uzatish tezligini ta’minlaydi. LTE o‘tkazish polosasiga bog‘liq holda baza stantsiyasidan foydalanuvchigacha bo‘lgan yo‘nalishda ma’lumotlar uzatishning nazariy eng yuqori tezligini 326,4 Mbit/s.gacha, qayta yo‘nalishda esa 172,8 Mbit/s. gacha ta’minlaydi. Ikkinchi avlod, /2G/ tarmog‘i esa ma’lumotlar uzatishning nazariy jihatdan yuqori tezligini GPRS texnologiyasi yordamida 56-114 Kbit/s.gacha, EDGE yordamida esa 473,6 Kbit /s.gacha ta’minlashga qodir.

UZMOBILE qachon ish boshlagan va qanday xizmatlarni taqdim etadi?

2004-yildan boshlab “O‘zbektelekom” AK UZMOBILE filiali tomonidan CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar aloqa xizmatlari ko‘rsatiladi. Prezident Qaroriga asosan 2015-yilda UZMOBILE GSM tarmog’i ishga tushirildi.