Bosib chiqarish

CDMA abonentlari uchun “MUZMOBILE” xizmati

“MUZMOBILE” xizmatini yoqish bepul.

“MUZMOBILE” xizmati ommabop musiqalarni, hazl va sevimli kinofilmlardan lavhalarni oddiy gudok o’rniga o’rnatish imkonini beradi.

Portal katalogi doim yangi musiqalar bilan to’ldirilib boriladi.

«Shaxsiy kabinet»

“Shaxsiy kabinet” orqali musiqalar kutbxonasini boshqarish mumkin. Kutbxonaga kiritsa bo’ladigan kontent soni cheklangan – 10 musiqa. Kutbxonadagi har bir kontent uchun harkungi abonent to’lovi hisoblanadi. Agar kutbxonangizda musiqalar soni limitiga yetsa, yangi musiqani faqat mavjud musiqalaringizdan birini o’chirganingizdan so’ng o’rnatishingiz mumkin.

“Shaxsiy kabinet”ga kirish haqida ma’lumot xizmat yoqilgandan keyin taqdim etiladi.

Agar xizmat yoqilgan bo’lsa, lekin Sizning kutbxonangizda musiqalar bo’lmasa, xizmatning birinchi haftasida gudok o’rniga musiqa bepul ijro etiladi. Agar shu hafta mobaynida biror musiqa kutbxonangizga o’rnatilmasa, xizmat o’chiriladi.

Qo’shimcha musiqalarni xarid qilaningizda, har bir musiqani u yoki bu qo’ng’iroqlar uchun “Shaxsiy kabinet” orqali o’rnatishingiz mumkin. Bunda har bir yangi o’rnatilgan musiqa barcha qo’ng’iroqlar uchun avtomatik tarzda o’rnatiladi. Shaxsiy kabinetdagi sozlamalar orqali Siz kutbxonadagi abonentlar guruhi yoki bir abonent uchun musiqa o’rnatish qoidasini o’rnatishingiz mumkin. Bundan tashqari, barcha musiqalar o’rnatish qoidasini o’rnatishingiz mumkin, bunda har bir qo’ng’iroqda qo’ng’iroq qilayotganlar har gal har xil musiqani eshitadilar.

Xizmatni yoqish va o’chirish

Xizmatni quyidagi usullardan biri orqali yoqishingiz mumkin:

1. Portal orqali
2. 0770 qisqa raqamiga qo’ng’iroq qilish orqali.
3. SMS orqali – buning uchun musiqa kodini 0770 raqamiga SMS tarzda yuborish kerak.

Xizmatni o’chirish uchun:

1. Portal orqali , Shaxsiy kabinetda.
2. 0770 qisqa raqamiga qo’ng’iroq qilish orqali.
3. SMS orqali – buning uchun “OFF” so’zini 0770 raqamiga SMS tarzda yuborish kerak. SMS yuborish bepul.

Qo’shimcha xizmatlar

SMS orqali yana quyidagilarni boshqarishingiz mumkin:

Buyuruqlar SMS buyuruqlar
Foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish/musiqani yuklash "tonecode"
Musiqani o’chirish "0#tonecode"
Xizmatni o’chirish "OFF"
Abonent uchun o’rnatilgan musiqa sozlamalarini bekor qilish  «2#abonent raqami»
Abonent uchun musiqani o'rnatish   «kod#abonent raqami»
Abonent galereyasidan musiqani o’rnatish «1#tonecode»
Tanlangan raqamlar uchun sozlamalarni ko’rish  7
Xizmatni boshqarish bo’yicha ma’lumotni buyurish  8
Faol musiqalar ro’yxatini olish  9

Do’stingizning musiqasini ko’chirib oling

Siz do’stingizda o’rnatilagn va qo’ng’iroq davomida eshitgan musiqangizni ko’chirib olishingiz mumkin, agar do’stingiz UZMOBILE CDMA abonenti bo’lsa. Buning uchun musiqa tinglash jarayonida “*” tugmasini bosishingiz kifoya. Musiqa narxi hisobingizdan yechib olinadi.

Bu xizmatdan foydalanish uchun sizda “MUZMOBILE” xizmati o’rnatilgan bo’lishi kerak.

Bundan tashqari sizga do’stingizda o’rnatilgan va sizga ma’qul kelgan musiqa haqida batafsil ma’lumotni (musiqa nomi, ijrochisi, narxi) portal orqali bilishingiz mumkin. Buning uchun portaldagi maxsus katakchada do’stingiz telefon raqamini kiriting, tizim sizga musiqani topib u haqida batasil ma’lumotni taqdim etadi.

Narxlar

Musiqa amal qilish muddati cheklanmagan.

Xizmat bo’yicha musiqa xarid qilish narxi (har kungi tarifikatsiya):

Servis raqami Xizmat Xizmat nomi Tariflanish Narxi, (so‘m)
1 0770** IVR** CRBT, ovozli portal за 1 мин130,00
2 0770* SMS SMS orqali xizmatni boshqarish    MT/MO 0,00 
3 I toifali musiqa narxi  1 musiqa / kuniga 126,31
4 II toifali musiqa narxi  1 musiqa / kuniga 210,52
5 III toifali musiqa narxi  1 musiqa / kuniga 294,72
6 IV toifali musiqa narxi  1 musiqa / kuniga 421,04
7 V toifali musiqa narxi  1 musiqa / kuniga 0,00 

** Qo’ng’iroq 21-daqiqadan boshlab tariflanadi va to'liq daqiqa sifatida yaxlitlanadi.


Cheklovlar

Musiqa o‘rniga oddiy gudoklar taralishi holatlari bo‘lishi mumkin:

  • Аgar siz profilda so‘zlashlarni aniq o‘rnatmagan bo‘lsangiz, ya'ni gudoklar o‘rniga chalinadigan musiqani noaniq belgilovchi abonentlar uchun kesishuvchi qoidalar.
  • Аgar profil so‘zlashuvlarida standart gudoklar qoidasi o‘rnatilgan bo‘lsa odatiy gudok ohanglari taralishi mumkin.
  • Agar hisobingizda mablag’ yetarli bo’lmasa.