Bosib chiqarish

Dilerlarga

UZMOBILE DILERLARNI TAKLIF ETADI

UZMOBILE GSM/CDMA mobil aloqa milliy operatori yuridik shaxslarni hamkorlikka chaqiradi va nafaqat qulay hamkorlik sharoitlari, balki ajoyib taqdirlash tizimini taqdim etadi.

Sizni quyidagilardan tashkil etiladigan rag‘batlantirish tizimi kutmoqda:

  • Ma’lum komission (abonentning ulanganligi uchun 1-oyda qayd etilgan to‘lovdan) mukofotlar,

  • 5 kalendar oyi mobaynida abonent to‘lovlari hisobidan yuqori foizlar,

  • har bir sotuvlar punkti egallagan toifasi uchun va belgilangan ulanish bo‘yicha rejani bajarganligiga bog‘liq holda qo‘shimcha bonuslar,

  • qo‘shimcha pullik xizmatlar(internet-paketlar)ga ulanish uchun bonuslar.

Bundan tashqari, dastlabki ochilish oyida bir martalik to‘lov summasini taqdim etish ko‘zda tutilgan.

«O‘zMobayl» filiali nomidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun dilerlik shartnomasi tuzishni xohlaydigan yuridik shaxslar quyidagi elektron arizani to‘ldirib, «O‘zMobayl» filiali Dilerlar bilan ishlash bo‘yicha xizmatga murojaat etishlari mumkin.

Hamkorlikni boshlash uchun n.abdumajidov@uzmobile.uz pochta manzili bo‘yicha ariza yuborish zarur.

Birgalikda daromad olish oson va oddiy!

Sotuvlar hajmi qancha ko‘p bo‘lsa, daromad shuncha ko‘p bo‘ladi.

Ma’lumot uchun.

Shartnoma tuzish uchun quyidagilarni taqdim etilishi zarur:

  • Yuridik shaxsni tashkil etish hamda hisob-raqamiga ega bo‘lish.

  • Ofis turidagi axborot stendi bilan jihozlangan, «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» savdo belgisi tasvirlangan peshtaxta ko‘rsatkichli, kassa apparati, seyf va zarur kompyuter texnikasi mavjud bo‘lgan statsionar sotuvlar binosi(xonasi)ga egalik.

  • Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish, GSM/CDMA standartidagi telefonlardan foydalanish amaliy malakalariga ega bo‘lish uchun tayyorgarlik va to‘liq o‘quv kurslaridan o‘tish hamda muntazam ravishda malaka oshirib borish.

  • Shartnoma tuzish uchun barcha zarur hujjatlarni taqdim etish, jumladan:

1. Ustav(Nizom) (Faoliyat turi: «Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish»).

2. Ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma

2. Ijara shartnomasi.(yoki xususiy mulk huquqini beruvchi guvohnoma)

3. Inkassatsiya shartnomasi.

5. Kassa apparatining ro‘yxatga olingan raqami.

6. Direktor pasporti (direktorni tayinlanishi to‘g‘risida ta’sischilar yig‘ilishi majlisi bayoni)

7. Sotuvlar punktining fotosurati (ichki va tashqi ko‘rinishi).

SAVDO PUNKTLARINING DASTLABKI KO‘RIGI UCHUN ARIZA

* – TO‘LDIRISH MAJBURIY MAYDONLAR