ru
Milliy operator
1084

Qo'llab-quvvatlash xizmati yagona raqami

Hozircha ulanish

Aksiya: VIP 8 000 so’mga

Ro'yixatiga qaytish

Aksiya: VIP 8 000 so’mga



Aksiya: VIP 8 000 soʻmga


Uzmobiledan qulay taklif!


Uzmobile CDMA tarmogʻi abonenti boʻlishni xohlaysizmi? Hozir ayni vaqti! 


Faqatgina 2018 yilning 31 dekabrigacha CDMA standartidagi mobil telefonni xarid qiling va VIP Mobile tarif rejasining abonentiga aylaning - oyiga 8 000 soʻm evaziga 7 000 daqiqaga ega boʻling!


Aksiya amal qilish hududida – Oʻzbekiston Respublikasi, CDMA-450 standarti tarmogʻi.


Aksiya shartlari: “Oʻzbektelekom” AK savdo ofislarida B5D, C6, Z-600 va HK 688 modelida mobil telefon sotib olgan abonentlar Aksiyadan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar, xususan, oyiga 8 000 soʻmlik abonent toʻlovi bilan Aksiyadagi tarif rejasi (shartlari VIP MOBILE tarif rejasi shartlariga muvofiq)ga ulanish mumkin boʻladi.

    

Aksiyadagi tarif reja faollashtirilgandan keyin 6 oy amal qiladi.


Aksiya amal qilish muddati tugagandan soʻng (faollashtirilgan kundan boshlab 6 oy) Abonentlar avtomatik tarzda “VIP MOBILE” tarif rejasiga oʻtkaziladilar.


Abonent Aksiya paytida tarif rejasini oʻzgartirishni xohlasa, amaldagi Aksiya shartlari bekor qilinadi va tarif rejasini oʻzgartirish narxi 21000 soʻmni tashkil qiladi.


Agar abonent Tarif rejasini Aksiyadan soʻng boshqasiga oʻzgartirmoqchi boʻlsa, tarif rejasini oʻzgartirish narxi 21 000 soʻmni tashkil qiladi.



Kompaniya Aksiya shartlarini kompaniyaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish yoki boshqa aloqa vositalari orqali xabarlash orqali, masalan, SMS-xabarlar yoki boshqa ma'lumotlar bilan almashtirish huquqiga ega. Qatnashchilar veb-saytda tegishli o'zgarishlarni mustaqil ravishda tekshirishlari kerak.