Bosib chiqarish

Press reliz

15 Aprеl 2018 yil

Toshkent va poytaxt hududida 2015-yil 15-aprelda GSM UZMOBILE standart tarmog'ining tijorat faoliyati yo'lga qo'yildi.

Uch yil mobaynida Milliy mobil aloqa operatori GSM va CDMA abonentlariga texnik salohiyatni oshirish, aloqa sifatini yaxshilash va ijtimoiy yo'naltirilgan mahsulotlarni joriy etishda katta ishlarni amalga oshirdi. Sizni ushbu davrdagi ishlarning asosiy natijalari bilan tanishtirishdan mamnunmiz:

• Hozirda GSM/CDMA standartidagi abonentlar bazasi 2 milliondan ziyod tarixiy chegarasidan o’tib ketdi.

• UZMOBILE hududlarda e’tiborni 2G/3G va 4G texnologiyalarini joriy etishga qaratgan holda doimiy ravishda GSM tarmog'ini kengaytirish ustida ish olib bormoqda. Bundan tashqari, o'tgan yilning oxirida UZMOBILE Pre5G testini o'tkazish bo’yicha birinchi uyali aloqa operatori bo'ldi.

• Agar 2015 yilda GSM tarmog'ining qamrovi faqat Toshkent va viloyat markazlariga uzatilgan bo’lsa, bugungi kunda har bir viloyatda baza stantsiyalarining faol ravishda qurilishi tufayli tarmoqning qamrovi kengaymoqda, shu jumladan, mamlakatning muhim tumanlarini ham qamrab olgan.

• Hozirgi vaqtda yangi baza stansiyalarini ishga tushirish bo'yicha ishlar davom etilmoqda, xususan, e’tibor viloyat markazlarida tarmoqni yaxshilashga qaratilgan va GSM / CDMA standartidagi mobil aloqa bilan ta'minlash uchun ikki mingdan ortiq ob'ekt va uch mingta texnologiyalar mavjud.

• Milliy uyali aloqa operatori - "UZMOBILE" 2016 yilda o'z abonentlariga Toshkent hududida ovozli xizmatlar va ma'lumotlar uzatish xizmatlarining eng yaxshi sifatini taqdim etuvchi operator nomi bilan taqdirlandi.

• Yuqori idoralarning topshirig'iga binoan, yangi chastota rejasiga o'tish (o’tish bo'yicha texnik ishlar 2018 yil 1 aprelda boshlangan va belgilangan rejaga muvofiq amalga oshiriladi) Internet tarmog'i va ovozli xizmatlarning o’tish kengligini oshirishga imkon beradi, bu bizning respublikamizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

• UZMOBILE dunyoning barcha mamlakatlarida xalqaro avtomatik rouming xizmatlarini faol ravishda kengaytirmoqda va hozirgi paytda "Roaming" xizmati dunyoning 86 mamlakatlarida mavjud.

• Uch yil mobaynida o’ttizdan ortiq tarif to’plamlari, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibidagi 41 ta korxona xodimlari uchun mo'ljallangan yangi maxsus tarif rejalari va O'zbekiston yoshlar ittifoqi a'zolari uchun tarif, 60 ta qo'shimcha xizmat, shuningdek, turli xil kontent xizmatlar va aktsiyalar joriy etildi.

• UZMOBILE xizmatlari butun respublikamiz bo'yicha 14 ta UZMOBILE savdo va xizmat ko'rsatish ofislarida mavjud. "O'zbektelekom" AK, "O'zbekiston pochtasi" AJ va kichik biznes sub'ektlarining tijorat vakillari bilan hamkorlik tarmog'i mingdan ortiq savdo shahobchalarning paydo bo’lishiga olib keldi.

• UZMOBILE safardagi qabul marosimlari doirasida O'zbekiston bo'ylab doimiy ravishda uchrashuvlar o'tkazmoqda. Abonentlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot bizni doimiy ravishda xizmatlar sifatini yaxshilashga va yangi, talab qilinadigan xizmatlarni joriy etishga yordam beradi.

"Bizni tanlaganiz uchun har bir abonentimizga minnatdormiz", - deya sharhladi UZMOBILE direktori Vladimir Kravchenko. - Minglab yangi foydalanuvchilar har kuni bizning tarmoqimizga ulanadilar. Bizning rejalarimizda - yangi baza stansiyalarini modernizatsiya qilish va qurish, shuningdek, abonentlar uchun yangi tarif va xizmatlarni joriy qilish orqali - aloqa sifatini oshirishdir. "

UZMOBILE - O'zbekiston milliy uyali aloqa operatori!